102 ta universitet, oliygoh va institut. 2025-yilda DTM imtihoni orqali kirish ballari (grant va kontrakt), yo'nalishlar, ta'lim shakllari va tillari bo'yicha to'liq ma'lumot.
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari (OTM)ga kirish DTM (Davlat test markazi) tomonidan o'tkaziladigan markazlashtirilgan test imtihoni asosida amalga oshiriladi. Har bir abituriyent o'zi tanlagan yo'nalish bo'yicha 90 ta savolli testni 180 daqiqa ichida bajaradi.
Kirish bali ikki asosiy fan (3.1 va 2.1 koeffitsiyent) hamda majburiy fanlardan iborat. Maksimal ball — 189 ball. Universitet va yo'nalishga qarab grant (davlat hisobidan) va kontrakt (to'lov-kontrakt asosida) ballari farq qiladi.
Ko'pchilik universitetlarda o'zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman va qirg'iztillarida ta'lim mavjud. Ta'lim tiliga qarab kirish ballari ham farq qilishi mumkin.
Saytimizda 2020-yildan 2025-yilgachabo'lgan barcha kirish ballari mavjud — har bir universitet, har bir yo'nalish bo'yicha grant va kontrakt ballarining dinamikasini ko'rishingiz mumkin. Bu sizga real chegaralarni tushunishga va o'z balingizga mos yo'nalishni tanlashga yordam beradi.